1

DAISh jangarilariga televizor tomosha qilish taqiqlandi

Dunyo 18.12.2015, 14:04
DAISh jangarilariga televizor tomosha qilish taqiqlandi

DAISh terrorchilik tashkiloti rahbariyati o`z jangarilariga televizor ko`rishni taqiqladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Bunday qaror chiqarishdan maqsad terrorchilik tashkiloti jangarilarini tashkilot faoliyati muhokama qilinadigan chet el telekanallaridan cheklash ekanligi ta`kidlanmoqda. Shu bilan birga terrorchilik guruhi a`zolariga televizorni sozlatish, sotish yoki sotib olish ham mumkin emas.

Taqiqni amalga oshirish maqsadida guruh  komandirlariga  terrorchilarning uylarini ko`zdan kechirish va turli televizion texnikalar ya`ni antenna va boshqa qurilmalarni yo`q qilish topshirilgan.

Xabarda keltirishicha, DAISh g`arbiy brendlarga qarshi faol kurash olib boradi. Masalan, joriy yilda terrorchilik tashkiloti  hozirda o`z poytaxti deb e`lon qilgan Suriyaning Rakka shahri hududida Nike kompaniyasining kiyim-kechaklari sotuvini taqiqlagan edi. Mazkur firma kiyimlarini kiyish “Islom qoidalariga zid” ekanligi aytilgan edi. Shuningdek, terrorchilik tashkiloti tomonidan qo`lga olingan hududlar aholisiga ingliz tilidagi “qo`pol” so`zlar bitilgan kiyim-kechaklar va tor jitnsi shimlar kiyish taqiqlanganligi ham aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1