1

Rossiyalik rejissyor Mixalkov film suratga olish uchun O`zbekistonga keldi

Madaniyat 07.09.2020, 16:36
Rossiyalik rejissyor Mixalkov film suratga olish uchun O`zbekistonga keldi

Rossiyalik rejissyor Artyom  Mixalkov "Mister Nokaut" filmining ijodiy jamoasi bilan tasvirga olish joylarini ko`rish uchun O`zbekistonga keldi, deya xabar berdi "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati.

"Mister Nokaut" – biografik drama bo`lib,  mashhur sovet boksyori,  1964 yilda Tokioda bo`lib o`tgan   Olimpiya o`yinlari g`olibi, ikki karra Evropa chempioni, olti karra SSSR chempioni va Vel Barker  Kubogini qo`lga kiritishga muvaffaq bo`lgan yagona  sovet boksyori  Valeriy Popenchenko hayoti haqida hikoya qiladi.

Bo`lajak Olimpiya chempionining  yoshligi  urushdan keyingi yillarda Toshkentdagi Suvorov maktabida o`tadi. Ushbu fakt O`zbekistonda ya`ni Toshkent, Buxoro, Chirchiq va Yangiobodda filmni  suratga olish uchun asosiy omil bo`ldi.

Film ijodkorlaridan postanovkachi operator, postanovkachi rassom,  ikkinchi rejissyor, kartina  direktori yurtimizga tashrif buyurishgan.

Film direktori va prodyuser mashhur rejissyor Nikita Mixalkovning o`g`li,   "9 rota", "Duxless", "Sibirskiy siryulnik" kabi afsonaviy filmlarda rol ijro kilgan Artyom  Mixalkov.

"Mister Nokaut"   Artyom  Mixalkovning "Ostanovka", "Zagadka chernogo prinsa", "Ctrasti po Rossii", "Stavka na lyubov",  "Moskva, ya lyublyu tebya!"  filmlaridan keyingi  oltinchi to`liq metrajli rejissyorlik ishi hisoblanadi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1