1

Janna Friskening farzandiga advokat Radik Gushin da`vo qilyapti

Dunyo 18.12.2015, 21:18
Janna Friskening farzandiga advokat Radik Gushin da`vo qilyapti

Janna Friske bosh miya saratoni kasalligi bilan ikki yil kurashgach vafot etganiga ham yarim yildan oshdi. Sevimli xonandaning o`limi haqiqiy fojeaga aylandi desak mubolag`a bo`lmaydi.

Uning otasi Vladimir Friske va turmush o`rtog`i Dmitriy Shepelev hali hamon marhumaning boyligini bo`lishib, uning ikki yoshli o`g`li Platonni vasiyligi bo`yicha bahslashmoqda.

Yaqinda esa mojaroli ishga yana bir shaxs aralashdi. 32 yoshli advokat Radik Gushin jajji Platonning otasi Dmitriy Shepelev emas u ekanligini ma`lum qildi. Uning aytishicha, 2012 yilda u va Janna o`rtasida qisqa sevgi munosabatlari bo`lgan. Janna homilador bo`lgan, ammo bu haqda unga Amerikadaligi chog`ida aytgan — shu tarzda ularning yo`llari ayro tushdi, bolaning esa boshqa otasi paydo bo`ldi. 

Gushin nimaiki bo`lmasin ushbu hodisaning haqligini isbotlab bermoqchi, hozirda u yuristi Gennadiy Rashevskiy bilan birga otalikka da`vo arizasini Sudga topshirdi. Vladimir Friske ushbu tashabbusni qo`llab quvvatlamoqda — u avval ham Shepelev bolaning otasi ekanligiga shubhalanganini va buni aniqlash uchun DNK-tekshiruvi o`tkazishni talab qilgan, biroq Shepelevdan rad javobini olgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1