AsosiyMadaniyat

Buxoroda "Alvido, ssenarist!" filmi suratga olinmoqda

'Buxoroda "Alvido, ssenarist!" filmi suratga olinmoqda'ning rasmi

"O`zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "O`zbekfilm" kinostudiyasi tomonidan Buxoro shahrida rejissyor Zulfiqor Musoqovning "Alvido, ssenarist!" badiiy filmi suratga olinmoqda.  

Ushbu fantastik-badiiy filmda bir kinossenaristning hayotida yuz bergan kutilmagan hodisalarning ijtimoiy va psixologik tahlili aks ettirilgan.

"Alvido, ssenarist!" filmining ma`lum bir qismi Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida  suratga olingan bo`lib, Yangiyo`l tumanida ham tasvirga olish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ssenariy muallifi va rejissyor Zulfiqor Musoqov, ikkinchi rejissyor Muzaffar Shodiev, postanovkachi operator Aziz Arziqulov, film direktori Shuhrat Hamidullaev.

Rollarda Bobur Yo`ldoshev, Feruza Saidova, Nigora Karimboeva, Farhod Abdullaev, Shahnoza Valieva va boshqalar.  

Filmning suratga olish ishlari joriy yil noyabr oyida tugallanishi ko`zda tutilgan. Premera esa 2021 yilning yanvar oyiga rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar