Poytaxtimizdagi Kinochilar uyida 18 dekabr kuni Gruziya kinosi kunlari boshlandi.
Tadbir “O`zbekkino” milliy agentligi va Gruziyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.
Gruziya kinosi kunlari doirasida Gruziya kinematografiya san`atining o`ziga xos jihatlarini aks ettirgan o`nga yaqin film tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi. Qiziqarli voqealarga boy mazkur asarlar orqali gruzin xalqining turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari, yoshlarining dunyoqarashi va ichki kechinmalari bilan tanishish mumkin.
Madaniy anjuman gruziyalik ijodkorlar tomonidan suratga olingan «Keto va Kote» filmi namoyishi bilan boshlandi. Unda, shuningdek, «Ilk qaldirg`och», «Kuzgi quyosh», «Veriy mavzesi taronalari», «Bedorlar quyoshi», «Yolg`iz ovchi», «Oshiq oshpazning 1001 resepti» kabi qator filmlar namoyish etiladi.
Mamlakatimiz kino ixlosmandlari tadbir davomida Gruziyaning taniqli kino ijodkorlari – rejissyorlar, aktyorlar va ssenaristlar bilan uchrashish imkoniga ega bo`ladi.





