AsosiyJamiyat

Samarqandda eri majburlab pampers edirgan va doimiy xo`rlab kelingan ayolni yarashtirilmoqchi ekani rad etildi

'Samarqandda eri majburlab pampers edirgan va doimiy xo`rlab kelingan ayolni yarashtirilmoqchi ekani rad etildi'ning rasmi

Internetda Samarqand shahrida yashovchi Mustahkam ismli ayolning doimiy ravishda turmush o`rtog`i tomonidan kaltaklanib kelishi haqida videolavhalar tarqaldi. Ushbu holat jamoatchilik tomonidan keskin muhokama qilinmoqda. Sal avval ushbu holat o`rganilib, zo`ravon er Toshkentda qo`lga olingani xabar qilingan edi.

Shundan so`ng, xo`rlangan ayol bloger bilan bog`lanib, hokimlik uni majburlab eri bilan yarashtirishga urinayotgani haqida aytgan. Ayni paytda ushbu xo`rlangan ayol eri bilan yarashtirilmoqchi ekani rad etildi. 

«Hozirda jabrlanuvchi ayol va uning ikki nafar farzandiga tegishli tartibda “Himoya orderi” berilgan. Fuqaro hozirgi vaqtda Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasiga tegishli ishonchli manzilga joylashtirilib, o`zi va farzandlariga malakali psixologlar biriktirilgan, moddiy va ma`naviy ko`mak ko`rsatilmoqda. Shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan ayolga vaqtinchalik yashash huquqi asosida uy-joy ajratish taklifi  bildirilgan.

Shu o`rinda aytib o`tish lozimki, mahalla vakillari tomonidan fuqaro M.Vahobovani oilasi bilan yarashtirishga harakat qilinayotgani to`g`risida bildirilayotgan fikrlar asosga ega emas. Fuqaro M. Vahobovaga biriktirilgan malakali psixolog va soha mutaxassislari kuzatuvi hamda xulosasiga ko`ra, hayotini qayta yo`lga qo`yish uchun unga barcha zarur yordamlar ko`rsatilishi to`liq ta`minlanadi», 

degan Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzaeva AOKAda o`tkazilgan brifingda.

    Boshqa yangiliklar