Guliston shahrida yo`l harakati qoidalarini qo`pol ravishda buzib harakatlanayotgan haydovchilarni aniqlash yuzasidan doimiy ravishda YHXB va OAV bilan hamkorlikda “Avtoreyd” tadbirlari o`tkazib kelinmoqda.
O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berishicha, navbatdagi reyd tadbiri davomida, Guliston shahar O`zbekiston ko`chasi bo`ylab harakatlanib kelgan “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi A.B. "xavfsizlik kamari"ni taqmaganligi uchun to`xtatilgan vaqtda, videotasvirchilar tomonidan tasvirga olinayotganligini ko`rib, jazavaga tushib, haqoratli so`zlar bilan tasvirchiga tahdid qilgan. Tadbir qatnashchilari tomonidan haydovchini tinchlantirishga urinishlar besamar ketgan. Unga nisbatan yo`l harakati qoidasini buzganligi uchun belgilangan tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Haydovchi A.B.ning tasvirchini xaqorat qilgani hamda karantin vaqtida tibbiy niqobni taqmaganligi holati yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Guliston shahar Ma`muriy ishlar bo`yicha sudi tomonidan hujjatlar o`rganilib, huquqbuzar haydovchiga nisbatan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.






