Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Overndagi lisey o`quvchilari bilan uchrashuv paytida o`zini yomon his qilgan, deya xabar berdi «France Info»ga tayanib Mir24 nashri.
Yig`ilganlar oldida nutq so`zlar ekan Makron birdan yo`tala boshlagan va niqobini echgani aytilmoqda.
«Sizlardan uzr so`rayman, negadir bo`g`ilyapman», — degan prezident va bir stakan suv bilan «engilroq niqob» berishlarini so`ragan, deyiladi xabarda.






