AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh shifokorini hibsga olinishi bo`yicha IIBB qisqacha ma`lumot berdi

'Toshkent viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh shifokorini hibsga olinishi bo`yicha IIBB qisqacha ma`lumot berdi'ning rasmi

Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori, viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo`ldoshevaning  8 sentyabr kuni hibsga olingani haqida xabar bergan edik. 

IIBB Guljahon Yo`ldoshevani tergov uchun olib ketilganligi to`g`risida keng tarqalayotgan xabarlar yuzasidan qisqacha ma`lumot berdi. 

Unda mazkur holat Prokuratura ish yurituvida bo`lib, jarayonning borishi, ayblov turi yoki boshqa holatlarga oydinlik kiritish uchun Ichki ishlar organlari xodimlariga  emas, balki  bu haqdagi ma`lumotlarni olish uchun  Toshkent viloyati Prokuraturasi va Bosh Prokuratura qoshidagi Axborot xizmatlariga murojaat qilishi mumkinligi ko`rsatilgan.

    Boshqa yangiliklar