1

Namanganda “Neksiya” urib yuborgan 66 yoshli piyoda shifoxonada vafot etdi

Jamiyat 11.09.2020, 12:10
Namanganda “Neksiya” urib yuborgan 66 yoshli piyoda shifoxonada vafot etdi

Joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 00:20 larda, Namangan viloyati, Kosonsoy tumani hududidan o`tgan 4R 114 avtomobil yo`lining 15-kilometrida haydovchi, 1978 yilda tug`ilgan X.D. “Neksiya” rusumli avtomobilni Kosonsoy tumani, Beshketmon MFY hududida boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmasdan yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, 1954 yilda tug`ilgan G`.E.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda 66 yoshli G`.E. og`ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha yo`l harakati qatnashchilaridan yo`llarda harakatlanganda ehtiyotkor bo`lishlarini, piyodalar belgilanmagan joylardan yo`lni kesib o`tmasliklarini so`rab qolamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1