AsosiyDunyo

AQSh Prezidenti: Kim Chen In sog`-salomat, unga hech qachon nomunosib baho bermang”

'AQSh Prezidenti: Kim Chen In sog`-salomat, unga hech qachon nomunosib baho bermang”'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen Inning salomatligi yomonlashgani bilan bog`liq gap-so`zlarga nisbatan munosabat bildirdi. “Kim Chen In sog`-salomat, unga hech qachon nomunosib baho bermang”, deb yozadi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Bu haqda O`z A xabar berdi.

Avvalroq Tramp, agar demokratlar hokimiyat tepasiga kelsa, ular darhol Shimoliy Koreya bilan ziddiyatni vujudga keltiradi, deb ta`kidlab, “Menda esa, aksincha, mening Kim Chen In bilan munosabatlarim juda yaxshi”, degandi.

“Eslatib o`tamiz, yaqinda Janubiy Koreyaning avvalgi Prezidentiga maslahatchi bo`lgan Chan Son Min shimolliklarning etakchisi bir necha oydan buyon koma holatida ekanini ma`lum qilgan, “New York Post” nashri esa uning so`zlaridan iqtibos keltirgandi”, deyiladi “rosbalt.ru” xabarida.

    Boshqa yangiliklar