Pulsoksimetrdan qanday foydalanish kerak?

Hi-tech 11.09.2020, 18:27
Pulsoksimetrdan qanday foydalanish kerak?

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova  koronavirus infeksiyasi profilaktikasi borasidagi savollarga javob qaytardi.

Savol: Pulsoksimetrdan kanday foydalanish kerak?

Moslama yoqilgandan so`ng, o`z-o`zini sinab ko`rish jarayoni tugashi bilan bir necha soniya kutish kerak;

Moslamani barmoqqa ortiqcha bosimsiz o`rnatish kerak;

 Moslama lak bilan bo`yalgan tirnoqqa qo`llanilmaydi;

 Moslamaning batareyasini o`z vaqtida zaryadlash yoki batareyalarni o`zgartirish lozim;

Moslamadan bir kunda 2-3 mahal, zarurat bo`lsa undan ko`proq

foydalaniladi;

Uy sharoitida kislorod konsentratorini qo`llash qoidalari:

 Kislorod konsentratorini havo erkin aylanishi va xonaning

maqbul namligi bor joyga o`rnatish kerak. Moslama issiklik manbalari yaqiniga qo`yilmaydi;

distillangan suv bilan kislorodni namlash uchun mo`ljallangan maxsus idish to`ldiriladi;

Shifokor tavsiyasiga binoan kislorod terapiyasining

davomiyligi va havo oqimi rejimi kuzatiladi;

 Oila a`zolarini o`zaro zararlamaslik uchun shaxsiy burun kanyulyalaridan foydalaniladi;

Kislorod konsentratorini ishlatish ketma-ketligi:

Rezervuarni belgilangan joyigacha namlagich suv bilan to`diriladi;

Moslama yoqiladi. Kanyulyaning bir uchi moslamaga ulanadi,

ikkinchi uchi esa burun yo`llariga qo`yiladi;

 Kislorod oqimi o`rnatilgandan keyin, shifokor tavsiyasiga ko`ra kislorod terapiyasi boshlanadi;

Kislorod terapiyasini burun kanyulyasi orqali olayotganda ko`krak qafasi va qorin bilan nafas olinadi. O`pkaning maksimal darajada qisilishi va tozalanishi uchun ravon nafas olinadi;

Mashg`ulot oxirida havo ta`minoti to`xtatiladi va moslama elektr tarmog`idan o`chiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1