AsosiyDunyo

Livan prezidenti: "Bayrutdagi portlashda tashqi kuchlarning ham qo`li bo`lishi mumkin"

'Livan prezidenti: "Bayrutdagi portlashda tashqi kuchlarning ham qo`li bo`lishi mumkin"'ning rasmi

Livan rasmiylarining bayonot berishicha, bir oy avval Bayrut portida bo`lib o`tgan portlash ataylab uyushtirilgan harakatlar natijasi bo`lishi mumkin.  Bu haqda Fontanka.ru xabar berdi.

Avval xabar berganimizdek, bu falokat yoqilg`i moylash materiallari va avtomobillar shinalari omborida yuz berdi. Alangani o`chirishga yong`inga qarshi kurash bo`linmalari jalb qilindi, keyinchalik ularga harbiy vertolyotlar yordamga keldi.

Livan prezidenti Mishel Aunning ta`kidlashicha, Bayrut portidagi portlashga tashqi kuchlar ham aloqador bo`lishi mumkin.

"Ushbu yong`in ataylab uyushtirilgan sabotaj akti yoki texnik xatolik, jaholat yoki beparvolik bo`lishi ham mumkin", - dedi Livan rahbari.

Eslatib o`tamiz, Livan poytaxtining barcha hududlarini qamrab olgan portlash oqibatida o`nlab uylar va avtomobillarga ziyon etdi.

200 ga yaqin kishi halok bo`ldi, besh mingdan ortiq aholi zarar ko`rdi.

Yuz bergan hodisadan so`ng yuzlab odamlar shahar ko`chalariga chiqdi va rasmiylarni sovuqqonlikda ayblashdi.

    Boshqa yangiliklar