Braziliyalik hujumchi Elano Hindiston Superligasi finalidan so`ng qamoq jazosiga mahkum qilindi.
“Manchester Siti” klubining sobiq hujumchisi Elano ayni paytda Hindistonning “Chennay Titans” klubi sharafini himoya qilmoqda. Kecha hujumchi finalda “Goa” (3:2) ustidan qozonilgan g`alabadan so`ng mehmonlar xo`jayinlarining birini yoqqasidan olgan va shu zahoti hibsga olingan. Bu haqda “SE” nashri xabar beryapti.
Keyinchalik futbolchi garov evaziga qo`yib yuborilgan. Keyinchalik polisiyachilar braziliyalik charm to`p ustasi bilan suratga tushishgan.





