FIFA prezidenti Yozef Blatter va UEFA rahbari Mishel Platini 8 yil muddatga futbol bilan bog`liq har qanday faoliyat turidan chetlatildi. Qaror FIFA etika qo`mitasi tomonidan qabul qilingan, deb yozadi uff.uz.
Unga ko`ra Blatter tashkilotning ahloq kodekslarini buzgani, shaxsiy manfaat yo`lida kimlargadir sovg`a bergani aytilmoqda.
Blatter o`z ishiga mas`uliyatsizlik hamda kamomadda ayblangan edi. Shuningdek, tashkilot tomonidan Platiniga tegishli kompaniya hisobiga 2 million frank o`zkazilgani ham shubha ostiga olingan. Bu mablag` go`yoki Platiniga tegishli kompaniya 1998 yildan to 2002 yilga qadar FIFA ishlarini bajargani uchun to`langani aytilgan edi.





