Los-Anjeles aeroporti yaqinidagi avtoturargohda bitta dvigatelli Navion samolyoti qulab tushdi. Ushbu aviahalokatda ikki kishi qurbon bo`lgan. Bu haqda regnum.ru xabar berdi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan kuni tushdan keyin sodir bo`ldi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Van Nuys aeroportidan uchib ketgan samolyot Santa-Barbara okrugiga yo`l olgan.Biroq biroz o`tib, bu kichik samolyot qulab tushgan. Halokatdan keyin samolyot yonib ketdi, ikki kishi shu erda vafot etdi.
Hozirda voqeani tekshirishishlari olib borilmoqda, ularda Federal aviasiya ma`muriyati (FAA) va AQSh transport xavfsizligi milliy kengashi (NTSB) vakillari ishtirok etmoqda.