1

Ko`chadan pichoq sanchilgan chaqaloq topildi

Dunyo 13.09.2020, 21:53
Ko`chadan pichoq sanchilgan chaqaloq topildi

Argentinaning Misones provinsiyasidagi Posades shahri ko`chalaridan birida yangi tug`ilgan qiz bola chaqaloq topib olindi. U paketga o`ralgan, hammayog`i yara-chaqa, ort tomonida esa sanchilgan pichoq osilib turar edi, deb yozmoqda Daily Mail gazetasiga tayanib xs.uz

Ma`lum bo`lishicha, 31 yoshli jismoniy tarbiya bo`yicha yo`riqchi Diego Sebastyan Penayo yo`lda ketayotib, go`dak yig`isini eshitib qoladi. So`ngra zudlik bilan uni shifoxonaga olib boradi.

Shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatilgandan so`ng qizaloqning hayoti saqlab qolingan

Keyinchalik chaqaloq tug`ilganiga ikki kun bo`lgani aniqlandi. Uning tanasida kesish, tilinish ko`rinishidagi juda ko`p jarohatlar bor edi. Ammo ularning birortasi bolakayning ichki organlariga o`tmagan. Qizaloqqa Esperansa deb ism qo`yildi. Bu o`zbekchasiga Umida deganidir.

Oradan biroz vaqt o`tib shafqatsiz ona ham qo`lga olingan. U farzandini dunyoga keltirishi bilan, uni olib tug`uruqxonani tark etgan. U bu qilmishi uchun jazolanadimi yoki yo`q, bu haqida ma`lumot berilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1