1

Qiz sug`urta pullarini olish uchun qo`llaridan voz kechdi

Dunyo 13.09.2020, 23:18
Qiz sug`urta pullarini olish uchun qo`llaridan voz kechdi

Sloveniyalik Yuliya Adlesich sug`urta pullarida ko`rsatilgan million evroni qo`lga kiritish uchun qo`llaridan voz kechishga qaror qildi va ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Rambler manbasiga tayanib Effekt xabar bermoqda.

Ushbu hodisadan oldin u bir nechta sug`urta kompaniyalari bilan shartnomalar tuzgan. Agar Yuliyaning tuzgan rejasi amalga oshganida u shartnomada ko`rsatilgan pulning yarmini shu zahoti olar edi. Qolganini esa oylik to`lov sifatida olardi.

Ma`lum bo`lishicha, qizning yigiti arra bilan Yuliyaning qo`lini kesib tashlagan va shundan so`ng, kasalxonaga borgan. U erda bo`lgan voqeani aytishgan.

Ular qo`lning kesilgan qismini yana tikib qo`ymasliklari uchun qo`lning uzilgan qismini uyda qoldirib kelishdi, ular qiz nogiron bo`lib qolishini istashdi. Ammo polisiya qo`l qismini topdi va qizning qo`llarini joyiga tikib qo`yish uchun shifokorlarga topshirdi.

Juftlik ushbu hodisadan oldin internetdan “sun`iy qo`l qanday ishlaydi” deb qidirishganligi aniqlangan va polisiya ushbu faktni dalil deb topgan.

Qiz sug`urta bilan firibgarlik qilgani uchun ikki yilga, sevgilisi esa uch yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1