AsosiyJamiyat

Xorijdan ish izlaganlarni aldagan yana bir xususiy bandlik agentiligi mas`ullariga sud hukmi o`qildi

'Xorijdan ish izlaganlarni aldagan yana bir xususiy bandlik agentiligi mas`ullariga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Bugun, 14 sentyabr kuni, jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudida “KOREAN AND MIGRATIONS” XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” MChJ mas`ullariga nisbatan sud hukmi e`lon qilindi.  

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi T. Qosimov tomonidan ko`rib chiqildi.

E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra,

Q.Otaqulov 9 yil, O.Kabilov 9 yil, X.Turdiev 8 yil 3 oy, M.Aliqulov 8 yil 3 oy, A.Shamshiddinov 8 yil 3 oy, M.Otajonova 5 yil 9 oy 21 kun, R.Nuralieva 6 yil 1 oy, O.Jo`raev 8 yil 3 oy, Kang Nam Kyu 8 yil 6 oy, J.Xidirov 6 yil, I.Djabborova 6 yil 1 oy, F.Kamalov  6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.   

Sudlanuvchilardan jabrlanuvchilarga etkazilgan moddiy zarar undirish belgilandi.

    Boshqa yangiliklar