AsosiyJAMIYAT

O`zbekistonda «Zahiriddin Muhammad Bobur» stipendiyasi joriy etildi

Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida «Zahiriddin Muhammad Bobur» nomidagi maxsus stip...

'O`zbekistonda «Zahiriddin Muhammad Bobur» stipendiyasi joriy etildi'ning rasmi

Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida «Zahiriddin Muhammad Bobur» nomidagi maxsus stipendiya hamda ko`krak nishoni joriy etilishi to`g`risida O`zbekiston Milliy gvardiyasi qo`mondonining buyrug`i imzolandi. Bu haqda O`zA habar bermoqda

"Ushbu xabarni eshitib, quvondim", - deydi Bobur Xalqaro jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrabov.

 

Bu bilan mamlakatimiz davlatchiligi tarixidagi etuk siyosatchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati yanada keng targ`ib etiladi, eng asosiysi, ushbu nishon va stipendiya yoshlarimizni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurt uchun fidoyi, bilimdon bo`lishga, ularning qalbida tariximizga, ulug` ajdodlarimizga bo`lgan hurmat va ehtirom tuyg`ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Ushbu maxsus stipendiya va nishon bilan Z.M.Boburning hayoti va ijodini o`rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish va targ`ib etish yo`nalishida izlanish olib borayotgan, adabiyot va kitobxonlikni keng targ`ib qilish yo`nalishida alohida faollik ko`rsatayotgan, turli konferensiya va tanlovlarda qatnashgan, mualliflik asosida nashr etilgan ishlari (asarlari) mavjudligi mezonlarga asosan har yili 20 mayga qadar institutda tahsil olayotgan 1-3 bosqich kursantlari rag`batlantiriladi.

«Zahiriddin Muhammad Bobur» nomidagi ko`krak nishoni nikel hamda tilla qoplangan mis qotishmasidan tayyorlangan bo`lib, sakkiz qirrali tilla rangli yulduz shakliga ega.

Boshqa yangiliklar