AsosiySalomatlik
2484

O`zbekistonda yana 159 kishida koronavirus aniqlandi

'O`zbekistonda yana 159 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 14 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 995 (+159) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 100 nafari Toshkent viloyatida, 41 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Jizzax viloyatida hamda 7 nafari Buxoro viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 63 yoshli O.K. (ayol) hamda Nukus shahrida yashagan 41 yoshli Q.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 296 nafar, Toshkent viloyatida 130 nafar, Samarqand viloyatida 75 nafar, Andijon viloyatida 8 nafar, Surxondaryo viloyatida 6 nafar, Farg`ona viloyatida ham 6 nafar hamda Namangan viloyatida 3 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O`zbekistonda 44 526 (+524) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

Hozirda O`zbekistonda 3 071 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar