1

Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoevga maslahatchi etib tayinlanadi

Siyosat 15.09.2020, 14:56
Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoevga maslahatchi etib tayinlanadi

Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidenti Suma Chakrabarti O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchisi etib tayinlanadi. Bu haqda Suma Chakrabartining Twitter’dagi sahifasidagi ma`lumotga asoslanib Daryo yozdi.

«Hozirgina O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev meni o`zining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchisi etib tayinlaganini eshitdim, bundan juda xursandman. Unga islohotlar dasturini amalga oshirishda yordam berishdan mamnun bo`laman», — deb yozadi Chakrabarti.

Suma Chakrabarti 1959 yili Jalapaygur (Hindiston) shahrida tug`ilgan, bolaligi Kalkutta shtatida o`tgan. 1964 yilda Chakrabarti oilasi Buyuk Britaniyaga ko`chib kelgan. Suma o`rta ta`limni London maktabida, bakalavr darajasini Oksfordda, magistraturani esa Sasseks universitetida olgan.

Chakrabarti 1984 yilda Buyuk Britaniyaning chet eldagi rivojlanish boshqarmasiga katta iqtisodiy yordamchi sifatida qo`shilgan va Britaniya makroiqtisodiyoti masalalari bilan shug`ullangan. 1980 yilda Britaniya hukumati tomonidan Jahon bankining Xalqaro valyuta jamg`armasiga yo`naltirilgan. 1996 yilda u qirollik g`aznasiga o`tgan, shundan keyin Vazirlar mahkamasi tarkibida faoliyat yuritgan.

2012—2020 yillar davomida Chakrabarti Evropa taraqqiyot va tiklanish banki prezidenti etib saylangan.

Tengrinews’ning yozishicha, 14 sentyabr kuni Suma Chakrabarti Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaevning iqtisodiy rivojlanish masalalari bo`yicha shtatdan tashqari maslahatchisiga aylangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1