1

15 oktyabrdan karanin choralari yana qattiq kuchaytirilishi rostmi?

Jamiyat 15.09.2020, 16:51
15 oktyabrdan karanin choralari yana qattiq kuchaytirilishi rostmi?

Ushbu savolga AOKAda o`tkazilgan brifingda  Respublika bosh sanitariya inspektori, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:

➖Avvalo shuni ta`kidlash kerakki respublikamizda hali karantin choralari bekor qilinmagan, balki yumshatilgan.

 Ammo fuqarolarning noto`g`ri tushunganliklari natijasida aholi orasida  koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni kamaymayotganligi sir emas.

️Bir narsani unutmaslik kerak “men, sen, ular” deyilganidek, karantin tadbirlari kuchaytirilishi va yumshatilishi bizning hatti-harakatlarimizga bog`liq, agar biz karantin va cheklov tadbirlarini mensinmas ekanmiz, profilaktik tadbirlarni unutib qo`yarkanmiz, mutaxassis shifokorlarning tavsiyalariga rioya etmas ekanmiz, u holda kasallik ko`payib ketishiga va Respublika Maxsus komissiyasini karantin choralari kuchaytirish to`g`risida qaror qabul qilishga majbur qilamiz, - dedi N.Otabekov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1