AsosiyDunyo

Oroldagi davlat koronavirusga qarshi kurashning yangicha usulini o`ylab topdi

'Oroldagi davlat koronavirusga qarshi kurashning yangicha usulini o`ylab topdi'ning rasmi

Indoneziya hukumati koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashga jinoiy guruhlarni jalb etmoqchi, deb yozmoqda «The Straits Times»ga tayanib nv.ua.

Milliy polisiya boshlig`i o`rinbosari general Gatot Eddi Pramononing so`zlariga ko`ra, huquqni muhofaza qilish organlari harbiylar va polisiyachilar soni etishmaganligi bois shunday qarorga kelishgan. Ularning fikricha, jinoyatchilar aholini tartibga solishga yordam beradi: masalan, odamlarning niqob taqishi, ijtimoiy masofaga amal qilishini kuzatishadi. Polisiyachilar jinoiy guruh a`zolari o`z vazifasini suiiste`mol qilmasligi hamda inson huquqlarini buzmasligini nazorat qilishadi.

«Biz jinoyatchilarni yollamaymiz, shunchaki muayyan vazifalarni bajarishga jalb qilamiz. Bu jamoatchilikni xabardor qilishning bir usuli. Lekin bu jinoyatchilarning qonunni ta`minlayotganini anglatmaydi», — deya ta`kidladi Pramono.

Ayrim siyosatchilar polisiyaning taklifiga keskin qarshi chiqishdi. Ular bunday tashabbus samara bermasligidan xavotirda: odamlar jinoyatchilarga ishonishmaydi, shu bois ularning hatto foydali tashabbusiga ham xavotir bilan qarashmoqda.

    Boshqa yangiliklar