AsosiyDunyo

Dunyodagi ilk etti egizaklar 18 yoshini nishonladi(Foto)

1997 yilda amerikalik Kenni va Bobbi Makkogi oilasida etti nafar farzand-egizaklar dunyoga keldi. Chaqaloqlarning to`rttasi o`g`il, uchtasi qiz bola edi. Mazkur olamshumul yangilik tez orada butun dunyoga tarqaldi. Axir Makkogilar oilasida dunyoga kelgan egizaklar dunyodagi ilk etti nafar egizaklar edida! Ularni hamma “Falakdan tushgan ettilik” deb atay boshladi.


Chaqaloqlarga Kenni, Kelsi, Natali, Brendon, Aleksis, Natan va Joel deb ism qo`yildi. Egizaklarni tarbiyalashda er-xotin haqiqiy jasorat ko`rsatdi.Chunki birvarakayiga ettita farzandni tarbiyalash oson ish emasda. Barcha mashaqqatlarga qaramay bolalar ahil va inoq oilada, ota-onasining qaynoq mehri taftidan bahramand bo`lgan holda ulg`aydi.  

 
Dunyodagi ilk etti egizaklar bu yil 18 yoshga to`ldi. Ular bugun kelajakda o`z hayot yo`lini tanlagan, mustaqil fikrga ega yigit-qizlarga aylandi. 
Kenni va Bobbi ikkinchi marotaba farzand ko`rish niyatida EKO markaziga murojaat qiladi. Ma`lum vaqtdan so`ng shifokorlar ularga etti nafar farzand kutayotganini ma`lum qiladi. Shifokorlarning qarshiliklariga qaramay, Bobbi bolalarning barchasini dunyoga keltirishga qaror qiladi.   
Egizaklar tug`ilganida ular juda mitti ko`rinishga ega bo`lgan, ulardan eng kattasi 1,5 kilogramm, eng kichigi esa 1,13 kilogramni tashkil etgan. Shifokorlar egizaklarning yashab ketishlari uchun astoydil harakat qildi. Ulardan ikki nafari Aleksis va Natan bolalar serebral falajligi tashxisi bilan tug`ilganligi sababli, ular yurib ketishi uchun jarrohlik amaliyoti o`tkazishga to`g`ri keldi. Hozirda ular sog`ayib ketgan.
Qo`ni-qo`shnilar, qarindosh-urug`lar bu noodatiy oilaga qanchalar qiyin ekanligini his etar va muntazam ravishda ularga yordam berardi. Hukumat va hayriya jamg`armalari tomonidan oilaga kattaroq uy ajratildi, bolalar maktabda bepul ovqatlanishi uchun sharoit yaratib berildi, ta`tilda ular imtiyozli ravishda lagerlarga yuborildi. Bundan tashqari oila boshlig`i-ota tinimsiz ishlar va farzandlarini ham mehnatkash bo`lishga undardi. U farzandlariga hayotda hamma narsaga o`z kuchi bilan erishish qanchalik muhim ekanligini uqtirardi.

Oiladagi to`ng`ich farzand Mikaela onasiga uka-singillariga qarashga yordam berardi. 

Ikkinchi qator chapdan o`ngga: Brendon, Aleksis, Joel va Natan. Birinchi qatorda o`ngdan chapga: Kenni-katta, Kenni- kichkina, Kelsi, Natali va ularning onasi, Bobbi. 

Egizaklar allaqachon o`zlariga kasb tanlagan: Brendon maktabni tugatib armiyaga ketadi, Aleksis — tarbiyachi, Natali — o`qituvchi, Kenni — quruvchi, Natan va Joel esa dasturchi bo`lishga qaror qildi. Kelsi esa Ayova shtatidagi xorda qo`shiq kuylaydi, orzusi-xonanda bo`lish.
 

Ular nafaqat egizaklar balki haqiqiy do`stlardir. Egizak qizlar katta opalari Mikaelaning to`yida. 

Egizaklar tez orada maktabni tugatadi va hammasi o`z tanlagan kasbini egallash uchun turli hududlarga tarqaladi. 
“Bu hayotimizdagi eng keskin burilish bo`ladi. Hech qachon tinch va sokin bo`lmagan xonadonimiz birdan bo`shab qoladi”, — deydi Bobbi

    Boshqa yangiliklar