AsosiyJamiyat

MIB Toshkentda 22 mlrd. soliq qarzdorligini undirdi

'MIB Toshkentda 22 mlrd. soliq qarzdorligini undirdi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo`limi ish yurituvida Muynoq tuman DSIning 29.06.2020 yildagi 63364-sonli qaroriga asosan qarzdor “GALAXY DRILLING SOLUTIONS FZE” korxonasidan 30 mlrd. 219 mln. 643 ming  640,94 so`m soliq qarzini undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga 21.08.2020 yilda kelib tushgan va davlat ijrochisi O.Sadatov tomonidan shu kuni O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning  23-moddasiga asosan ijro hujjatidagi talablarni bajarish uchun qarzdorga 5 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan. Shuningdek, qarzdor “GALAXY DRILLING SOLUTIONS FZE” korxonasi tomonidan sud qarori ijrosi belgilangan ixtiyoriy muddatda bajarmaganligi sababli, qarzdorning bankdagi hisob raqamiga inkasso topshiriqnomasi yuborilgan va mol-mulklarini qidirib topish maqsadida MIB Portal elektron dasturi orqali so`rovnomalar yuborilgan.  MIB Chilonzor tuman bo`limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxona tomonidan Mo`ynoq tuman DSIning  ma`lumotnomasiga asosan qisman 22 mlrd.  001 ming  024 so`m soliq qarzdorligi   undirilgan. Xozirda  MIB Chilonzor tuman bo`limi tomonidan  qarzdorlikning qolgan qismi undiruvchi  bo`yicha majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar