28 dekabr kuni radioto`lqinlar orqali O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov "Ketaman der" qo`shig`ini muxlislar hukmiga havola etadi.
Shuningdek sizni "Buyuklar bisotidan" ruknidagi yangi albom kutmoqda. O`z zamonining malikul kalomi - Mavlono Lutfiy g`azallari ila kuylangan qo`shiqlar musiqiy albom ko`rinishida sizga taqdim etilishi bilan birga, "Yoshlar" telekanalida tayyorlanuvchi maxsus dastur orqali namoyish ham etiladi.
Mazkur taronalarning asosiy qismi tayyor bo`ldi. Yangi albomni kutamiz!