1

Professor Nodira Egamberdieva «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutiga direktor etib tayinlandi

Jamiyat 17.09.2020, 10:53
Professor Nodira Egamberdieva «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutiga direktor etib tayinlandi

Pedagogika fanlari doktori, professor Nodira Egamberdieva Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining direktori etib tayinlandi, deb xabar beradi O`zA.

Mazkur tayinlov haqidagi Vazirlar Mahkamasining 553-son qarori 15 sentyabr kuni qabul qilingan.

Ma`lumot uchun, «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti prezidentning 2020 yil fevraldagi farmoni asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda «Mahalla» o`quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida tashkil etilib, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi tuzilmasiga o`tkazilgan.

Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • jamiyatda «obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan tizimni to`laqonli va samarali joriy etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasidagi ustuvor yo`nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish;
  • fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovasion loyihalarni amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish;
  • mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo`llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish;
  • mahallalar va oilalarda sog`lom va barqaror ijtimoiy-ma`naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta`minlash, umuminsoniy va milliy, shu jumladan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
  • mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo`llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
  • mahalla va oilalarni qo`llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag`ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig`ilishlar tashkil etish, shuningdek, ushbu sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish;
  • institut faoliyati yo`nalishlari bo`yicha ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlarning ilg`or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1