AsosiySOG'LIK

Allergik yo`tali bor bolaga koronovirus yuqqanini qanday bilsa bo`ladi?

Farzandimning allergiyasi bor, kuz-bahor oylarida allergik yo`tal  bezovta qiladi. Un...

'Allergik yo`tali bor bolaga koronovirus yuqqanini qanday bilsa bo`ladi?'ning rasmi

Farzandimning allergiyasi bor, kuz-bahor oylarida allergik yo`tal  bezovta qiladi. Unga koronovirus yuqqanini qanday bilsam bo`ladi?  

Koronavirusga qarshi shtab a`zosi Barno Abdusamatova ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

–Kuz-bahor mavsumining boshlanishi, havo harorati sovib borishi bilan ayrim kasalliklar yuzaga chikadi. Bular orasida, ayniqsa allergiya kasalligi ko`pchilikni bezovta qiladi.

 Allergik yo`tal uzoqrok davom etadi va mavsumiy bo`ladi. Allergiya mavsumiy kasallik bo`lganligi sababli shu davrda bemor o`zining allergolog shifokori bilan maslahatlashib turishi kerak.  

Konovirus kasalligi yo`taldan tashqari bir qator simptomlar bilan kechadi. Masalan, tana harorati ko`tarilishi, mushaklarda og`riqk, nafas qisishi,  ta`m va hid yo`qolishi va hokazolar.  

❗️Agar farzandingizda yo`taldan tashqari shu belgilar namoyon bo`lsa hxududiy poliklinikaga murojaat qiling. Chunki allergiya fonida keladigan koronovirus kasalligi nafas siqishi kabi alomatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun farzandingizda kasallik alomatlari kuzatilsa darhol shifokorga murojaat qiling.

    Boshqa yangiliklar

    Allergik yo`tali bor bolaga koronovirus yuqqanini qanday bilsa bo`ladi? - Darakchi.uz