1

7 oylik tanaffusdan so`ng Uxanga birinchi xalqaro parvoz amalga oshirildi

Dunyo 18.09.2020, 09:02
7 oylik tanaffusdan so`ng Uxanga birinchi xalqaro parvoz amalga oshirildi

Xitoy markaziy televideniesi xabariga ko`ra, parvozni Janubiy Koreyaning "TʼWay Airlines" aviakompaniyasi Seul — Uxan yo`nalishida amalga oshirgan, deb yozmoda Milliy matbuot markazi. 

Xitoyning markaziy qismida joylashgan Xubey provinsiyasidagi koronavirus tarqalishining sobiq episentri — Uxan shahri etti oylik tanaffusdan so`ng birinchi xalqaro yo`lovchi reysni qabul qildi.  

Havo kemasi "Tyanxe" xalqaro aeroportiga chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:48da etib kelgan. Endilikda ushbu yo`nalishda parvoz haftada bir marta, chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Uxanga etib kelgan 60 yo`lovchi 14 kunlik karantin uchun maxsus mehmonxonalarga yuborilgan.

Hozirda Uxanga 73 ta mahalliy yo`nalish bo`yicha parvozlar tiklangan hamda kuni qariyb 500 ta reys amalga oshirilmoqda.

Yangi koronavirus keltirib chiqargan kasallik avj olgani sababli Uxan 23 yanvardan boshlab karantinda edi.

25 mart kuni Xitoy hukumati Xubey viloyatiga kirish va chiqish cheklovlarini bekor qildi.

Aprel oyining boshlarida, 76 kunlik karantindan so`ng, Uxan bilan transport aloqalari qisman tiklandi, shu paytdan boshlab uning aholisi shaharni tark etishiga ruxsat berildi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1