1

Fransiyada marhum bilan turmush qurishga ruxsat berilgan

Dunyo 18.09.2020, 12:53
Fransiyada marhum bilan turmush qurishga ruxsat berilgan

Fransiya qonunlariga ko`ra, marhum bilan nikoh rasman ro`yxatga olinishi mumkin. Bunda marhumning nikohga roziligini bildiruvchi vasiyatnoma yoki boshqa hujjat talab qilinadi. Nikoh marhumning tiriklik paytidagi sana bilan ro`yxatga olinadi va u marhumning merosiga egalik qilish huquqini bermaydi.  

Bu haqdagi takliflar Ikkinchi jahon urushi yillarida qo`llab-quvvatlana boshlagan. Negaki o`sha paytlarda urushda halok bo`lgan askarlarning sevgan qizlari ular bilan nikohdan o`tishni so`rab murojaat qilishgan.

1950 yilda esa Fransiyaning Frejyus shahrida yuz bergan to`g`on o`pirilishi natijasida 400 kishi nobud bo`ladi. Qurbonlardan  biri Andre Kapra ismli yigitning sevgilisi Iren Jodart marhum bilan nikohdan o`tishga ruxsat berishni so`rab Sharl de Gollga murojaat qiladi. Masala keng jamoatchilikning qizg`in munozarasiga sabab bo`lgach, mamlakat rahbari bu nikohga rozilik beradi. Shundan so`ng Fuqarolik kodeksiga yuqoridagi modda kiritilgan.  

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga ko`ra, nikoh tuzish nikohlanuvchilarning FHDYo organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o`tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1