AsosiyJinoyat
3925

Namanganda 20 nafar yosh bolani temir zanjir bilan jazolab kelgan «ustoz» qo`lga olindi

'Namanganda 20 nafar yosh bolani temir zanjir bilan jazolab kelgan «ustoz» qo`lga olindi'ning rasmi

Namanganda o`z uyida diniy saboq bergan fuqaro qo`lga olindi. Bu haqda IIB xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, 25 avgust kuni viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi tezkor vakillari bilan xamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi 2001 yilda tug`ilgan fuqaro shu yil iyun oyidan avgust oyiga qadar yashash uyida noqonuniy xujra tashkil qilib, 20 nafar voyaga etmagan bolalarga doimiy ravishda diniy saboq berib, dars jarayoni vaqtida o`quvchilarni muttasil ravishda qiynab, ularni yog`och bo`lagi, temir tayoq hamda temir zanjir bilan urib do`pposlab kelganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 110-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar