1

Endilikda haftaning har dam olish kunlari "Maydon tomoshalari" o`tkaziladi

Madaniyat 19.09.2020, 20:29
Endilikda haftaning har dam olish kunlari "Maydon tomoshalari" o`tkaziladi

Madaniyat vazirligi tomonidan respublika bo`ylab “Maydon tomoshalari” festivali tashkil etiladi. Festival bugun, 19 sentyabrdan Toshkent shahrida start oldi.

Vazirlik xabariga ko`ra, ertaga, 20 sentyabr kuni soat 17-00 dan 19-00 ga qadar poytaxtimizdagi Tashkent City,  "Navro`z" bog`i hamda "Ashxobod saylgohi"da, shuningdek, respublikamizning har bir shahar va tuman markazlarida karantin tartib qoidalariga qat`iy amal qilingan holda o`tkaziladi.  

Unda taniqli estrada xonandalari, folklor jamoalari, baxshilar, maqom ijrochilari, teatr aktyorlari, qo`g`irchoq teatrlarining chiqishlarini tomosha qilish bilan birga, dorbozlar va sirk tomoshalaridan ham bahramand bo`lishdi.

Ushbu festival endilikda haftaning shanba va yakshanba kunlari bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1