AsosiyDunyo

Buyuk Britaniyada oqqushlar Qirolicha Elizaveta II ning mulki sanaladi

'Buyuk Britaniyada oqqushlar Qirolicha Elizaveta II ning mulki sanaladi'ning rasmi

Buyuk Britaniyada XII asrdan beri amalda bo`lib kelayotgan Swan Upping qonuniga ko`ra, mamlakatdagi barcha yovvoyi oqqushlar qirol/qirolicha  mulki sanaladi. O`tmishda oqqush go`shtidan  faqat ingliz qirollari dasturxoni uchun taomlar hozirlangan.  

Hozirda oqqush go`shti iste`mol qilinmasa-da, ular  Qirolicha Elizaveta II ning mulki sanaladi. Har yili iyul oyining 3-haftasida qirollik xonadonining mas`ul xizmatchilari Temza daryosi va uning irmoqlari bo`ylab oqqushlarga maxsus halqa ilib chiqishadi.

Bu oqqushning qonunan Qirolicha qaramog`iga olinganini bildiradi. Mazkur qushlarni ovlash, ularga zarar etkazish qat`iyan taqiqlanadi.  

Eslatib o`tamiz, Oqqushlarning ikki turi “O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobi”ga kiritilgan bo`lib, mamlakatlimizda ham ularni ovlash qat`iyan man etilgan.

    Boshqa yangiliklar