AsosiyDunyo

COVID-19 vaksinasi hammaga etmaydi

'COVID-19 vaksinasi hammaga etmaydi'ning rasmi

Mutaxassislar farmasevtika kompaniyalarining ishlab chiqarish quvvatlarini tahlil qilib, birinchi yilda Erning har o`ninchi aholisigina koronavirusga qarshi vaksinaga ega bo`lishini aniqlashdi.

Umuman olganda, 2021 yilda taxminan ikki milliard doz ishlab chiqariladi. Barqaror immunitetni hosil qilish uchun ba`zi turdagi vaksinalarni ikki marta inson tanasiga kirgizish kerak bo`ladi.

“Ishlab chiqarish quvvatini oshirish mumkin bo`lsa ham, 2022 yil oxiriga kelib dunyo aholisining yarmidan kamrog`igina himoyaga ega bo`la oladi”, deb xabar bermoqda “SkyNews”ga tayanib aniq.uz.

Bu shuni anglatadiki, sayohat cheklovlari, ijtimoiy masofa qoidalari va boshqa cheklov choralari yana ikki-uch yil davom etishi lozim.

    Boshqa yangiliklar