1

JSST Evropada COVID-19 bilan bog`liq vaziyat nega yomonlashayotganining sababini aytdi

Dunyo 21.09.2020, 08:50
JSST Evropada COVID-19 bilan bog`liq vaziyat nega yomonlashayotganining sababini aytdi

Evropaning qator mamlakatlarida cheklov choralari yumshatilgani va chegaralar qisman ochilgandan so`ng COVID-19 bilan kasallanish va undan o`lim holati o`sishi kuzatilmoqda.

Evropada epidemiologik vaziyatning yomonlashishi koronavirusga qarshi himoya choralariga rioya qilmaslik bilan bog`liq. Bu haqda RIA Novostiga Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining (JSST) Belgraddagi ofisi ma`lum qilgan.

Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Sloveniya, Shimoliy Makedoniya, Xorvatiya, Chernogoriya va o`zini o`zi mustaqil deb e`lon qilgan Kosovo respublikasida iyul va avgust oyida kasallik kamayganidan, cheklov choralari yumshatilgani va chegaralar qisman ochilgandan so`ng COVID-19 bilan kasallanish va undan o`lim holati o`sishi kuzatilmoqda.

“Epidemiologik vaziyatning yomonlashishi sabablari fuqarolar tomonidan choralarga, ayniqsa, dam olishda, stadionlarda, tungi klublarda, diniy tashkilotlarda va bayramlarda va boshqa ommaviy yig`ilishda rioya qilinmaslikdadir. Infeksiyaning oldini olish va uning ustidan nazorat ayrim davlatlar uchun jiddiy chaqiriq bo`ldi”,  - deyilgan xabarda.

Shuningdek, tashkilot barcha mamlakatlar bu vaziyatga tegishli choralar bilan hamda muvofiqlashgan va qat`iy ravishda munosabat bildirishi zarurligini ta`kidlagan.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, dunyo bo`ylab koronavirus yuqtirib olganlar soni 31 milliondan oshib ketgan. Qurbonlar soni 963 mingdan ziyod kishini tashkil etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1