AsosiyDunyo

Yoshi 2500 yilga teng 27 ta sarkofag topildi

'Yoshi 2500 yilga teng 27 ta sarkofag topildi'ning rasmi

Misr turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi yakshanba kuni Sakkaradagi qadimiy nekropolda jami 27 sarkofag topilganligini e`lon qildi. Artefaktlarning yoshi 2500 yil deb taxmin qilinmoqda.

Sakkara ulkan nekropoli mashhur Giza piramidalaridan 16 kilometr janubida joylashgan. U qadimiy Memfis shahrining bir qismi bo`lib, YuNESKOning jahon merosi ro`yxatiga kiritilgan.

Olimlarning fikriga ko`ra, yog`och sarkofaglar dafn etilganidan beri ochilmagan. Ularning yuzida oxra va ko`k bo`yoq bilan ishlangan nafis rasmlar, shuningdek, ieroglif yozuvlar mukammal saqlanib qolgan.

Misr hukumati hozirgi paytda koronavirus pandemiyasi tufayli sayohatga cheklovlar qo`yilgan turizmni qayta tiklash uchun mamlakat bo`ylab olib borilayotgan arxeologik kashfiyotlarni qat`iyan rag`batlantirmoqda.

 
  

    Boshqa yangiliklar