1

Braziliyada bir kunda 15 454 kishida koronavirus aniqlandi. Bu odatdagidan ancha past ko`rsatkich

Dunyo 22.09.2020, 13:48
Braziliyada bir kunda 15 454 kishida koronavirus aniqlandi. Bu odatdagidan ancha past ko`rsatkich

21 sentyabr sanasida Braziliyada 15 454 kishida koronavirus aniqlangan. Ammo bu mamlakatda o`tgan kunlardagiga nisbatan birmuncha past ko`rsatkichligi qayd etildi. Mutaxassislar Braziliyada epidemiya avjidan tushayotganini ta`kidlashmoqda..

Statistikaga ko`ra, mamlakatda epidemiya avjiga chiqqan pallada kuniga 65-70 minglab bemorlar qayd etilayotgandi. Oxirgi kunlarda ko`rsatkich o`rtacha 15-16 mingni tashkil etmoqda. Pandemiyaning eng yuqori cho`qqisida o`lim holatlari sutkasiga 1,5 mingtagacha etgandi, hozir uch baravar kamaygan.

Shuning uchun ham jahon koronavirus o`choqlari antireytingida Hindiston Braziliyadan o`tib ketdi. Global pandemiya markazi — AQShda esa koronavirusni yuqtirganlar soni 7 milliondan oshdi.

«Worldometer» ma`lumotiga ko`ra, Braziliyada kovidga chalinganlar jami soni 4 560 083 nafar, shundan 137 350 nafari vafot etgan, sog`ayganlar soni — 3 887 199 nafar (85 foiz).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1