1

Qo`qonda ayollar “TRECKER” avtomashinasini olib qochdi

Jinoyat 22.09.2020, 16:37
Qo`qonda ayollar “TRECKER” avtomashinasini olib qochdi

Qo`qon shahrida  19 sentyabr kuni M.V. va D.T. ismli ayol bir guruh bo`lib, A.Navoiy mavzesi 62-sonli ko`p qavatli uy oldidan M.A.ga tegishli “TRECKER” rusumli avtomashinasini olib qochib hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tadbirlar davomidi Qo`qon shahar, A.Navoiy mavzesi 90-sonli ko`p qavatli uylar yonidan avtomashina soz xolda davlat raqamlari avtomashina yukxonasidan topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, M.V.ga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1