Shayxontohur va Olmazor tumanlarida ichimlik suvi o`chiriladi

Jamiyat 22.09.2020, 17:24
Shayxontohur va Olmazor tumanlarida ichimlik suvi o`chiriladi

Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan “Toshkent shahar suv ta`minoti” MChJ tomonidan suv tarmoqlarida rejali profilaktika va ta`mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.  

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko`ra, shu munosabat bilan 23 sentyabr soat 09.00 dan 25 sentyabr soat 09.00 gacha Shayxontohur va Olmazor tumanidagi quyidagi ayrim mahallalarda ichimlik suvi ta`minoti to`xtatiladi:

Shayxontohur tumanida:

 

— “Sarxumdon” mahallasida;

— “Obinazir” mahallasida;

— “Gulbozor” mahallasida;

— “Bog` ko`cha” mahallasida;

— “Ilg`or” mahallasida;

— “Tinchlik” mahallasida;

— “Chaqar” mahallasida;

— “Zafarobod” mahallasida;

— “Bo`ston” mahallasida;

— “Xuvaydo” mahallasida;

— “Oqlon” mahallasida;

— “Katta Hovuz” mahallasida;

— Markaz-26, 27, 28 da;

— 1-sonli shifoxona, 1-sonli Tug`ruqxona, Eski Uyg`ur ko`chasidagi Non sexi, JAR Sport kopleksi, 3-issiqlik markazida.

 

Olmazor tumanida:

 

— B-1, B-3 mavzelarida;

— Nurafshon, Qorasaroy, Eski Qorasaroy, Botir Zokirov, Farobiy, Ozod, Janon, Langar, Abdulla Kodiriy  ko`chalarida, Sag`bon va Zarqaynar  tor ko`chalarida.

 

Suv bo`lmagan mahallalarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

Ma`lumot uchun telefonlar: (71) 256-10-95, (71) 252-55-78, (71) 252-60-08, 1054.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1