1

Barcha rahbarlar raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur o`rganishi kerak — Prezident

Siyosat 22.09.2020, 19:10
Barcha rahbarlar raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur o`rganishi kerak — Prezident

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida bugun, 22 sentyabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Bu haqda Prezibent Matbuot xizmati xabar bermoqda.

2020 yil mamlakatimizda “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e`lon qilinib, bu borada katta ishlar boshlandi. Xususan, 28 aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Bugungi videoselektor yig`ilishida shu borada amalga oshirilayotgan ishlar, joriy yil yakuni va 2021 yil birinchi choragiga mo`ljallangan loyihalar muhokama etildi.

– Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish bo`lmasligini tushunib etishi shart. Barcha darajadagi rahbarlar buni o`ziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur o`rganishi kerak, – deya ta`kidladi Shavkat Mirziyoev.

Joriy yil yakuni bo`yicha har bir tarmoq va hudud rahbari raqamli iqtisodiyot sohasida keskin o`zgarish qilishi zarurligi aytildi. Prezident bu yangilanishlarni odamlar o`z hayotida, byurokratiya va korrupsiya kamaygani misolida, davlat xizmatlarini ko`rsatish tezlashganida sezishi lozimligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1