Avval xabar berilganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida bugun, 22 sentyabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.
Qayd etilishicha, tuman va shahar hokimlari bir oyda 2-3 kun faqat raqamlashtirish bilan shaxsan shug`ullanishi belgilandi. Ularning faoliyatiga hududda raqamlashtirish qay darajada yo`lga qo`yilganiga qarab baho beriladi. Bu sohada yaxshi natija ko`rsatgan rahbarlarga 30 foizgacha ustama joriy qilinadi.