1

Deputatlar Shuhrat G`anievning nomzodini Bosh vazir o`rinbosari lavozimiga tasdiqladi

Siyosat 25.09.2020, 18:56
Deputatlar Shuhrat G`anievning nomzodini Bosh vazir o`rinbosari lavozimiga tasdiqladi

2020 yil 25 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda deputatlar Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga Shuhrat G`aniev nomzodini ko`rib chiqdilar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot xizmati xabariga ko`ra, xalq vakillari tomonidan Shuhrat G`aniev nomzodi ma`qullandi.

Eslatib o`tamiz, shu paytga qadar Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan O`ktam Barnoev 20 sentyabr kuni 56 yoshida koronavirus  asoratlari oqibatida vafot etgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1