AsosiyMadaniyat

Mo`ynoqda suratga olingan "Dengizni kutib" filmi jahon kinofestivallarida 2 nominasiya bo`yicha g`olib bo`ldi

'Mo`ynoqda suratga olingan "Dengizni kutib" filmi jahon kinofestivallarida 2 nominasiya bo`yicha g`olib bo`ldi'ning rasmi

Nyu-Yorklik kinorejissyor Jorj Isxakning Mo`ynoq shahrida suratga olingan "Dengizni kutib" qisqa metrajli hujjatli filmi “Moscow Shorts International Film Festival” hamda “Long Story Shorts International Film Festival” festivallarida "Eng yaxshi hujjatli film" va "Eng yaxshi operatorlik ishi" nominasiyalarida g`olib bo`ldi.

"Dengizni kutib" filmida mamlakatning elektron hamda xalq musiqasi Orol dengizining ayanchli taqdiri bilan uyg`unlashtirilgan.

Hujjatli film jahonning 8 ta  kinofestivalida qatnashib, "Eng yaxshi hujjatli film" va "Eng yaxshi operatorlik ishi" nominasiyalari bo`yicha g`oliblikka munosib ko`rildi.  

Kelgusida rejissyor ushbu filmni kinoijodkorlarning keng jamoatchiligi bo`lgan Buyuk Britaniya va Germaniyada namoyish etishni va Markaziy Osiyoga eshiklarni ochishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar