AsosiyDunyo

Tramp Oliy sud sudyasi lavozimiga ayol kishi nomzodini ilgari surmoqda

'Tramp Oliy sud sudyasi lavozimiga ayol kishi nomzodini ilgari surmoqda'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oliy sud sudyasi vakant lavozimiga o`z nomzodining ismini rasman tasdiqladi. Oq uy rahbari bu nomzod ayol kishi bo`lishini aytgandi. Tramp so`zini ustidan chiqdi, nomzod – 48 yoshli Emi Konni Barret ekanligi aytilmoqda. Agar senatorlar Emini qo`llab-quvvatlasa, u Qurolli Kuchlarning hozirgi tarkibidagi eng yosh sudyaga aylanadi.

Prezidentning so`zlariga ko`ra, Barretning professionalligi sabab har qanday davrada o`z o`rniga ega.Shu paytda biror joyda Emining obro`siga putur etkazadigan gap-so`zlar bo`lmagan, shuning uchun Tramp uning nomzodini Senatda hech qanday to`siqsiz va tez orada tasdiqlanishiga umid qilmoqda. Respublikachilar yuqori palatada ko`pchilikni tashkil qilganligi sababli, kuzatuvchilar nomzod tasdiqlanishiga ishonishmoqda.

Demokratlar Trampni noyabr oyidagi Prezidentlik saylovlarigacha o`ziga yana bir hamfikr qidirishda ayblayapti. Emi Barret o`zining ancha konservativ qarashlari bilan tanilgan, bu esa demokratlarning achchiqlanishiga sabab bo`lyapti.

Demokratlarning fikriga ko`ra, sudyani tayinlash noyabr oyidagi Prezident saylovlaridan keyin hal qilinishi kerak bo`lgan masala. Chunki prezidentlikka kimni nomzodi tasdiqlansa, faqat o`sha rahbar sudyalikka nomzod ko`rsatishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar