1

Toshkentda elektroshok va pichoq ko`targan repperlar o`rtasida ommaviy janjal bo`ldi. Tekshiruv boshlangan (video)

Jinoyat 28.09.2020, 13:30
Toshkentda elektroshok va pichoq ko`targan repperlar o`rtasida ommaviy janjal bo`ldi. Tekshiruv boshlangan (video)

Internet tarmoqlarida “Toshkentda repperlar o`rtasida ishkal” deb nomlangan video tarqalmoqda. Video: 

Mazkur videotasvirni o`rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi: holat 26.09.2020 yilda soat 15.30 larda Yunusobod tumanidagi “Zarafshon” savdo-ko`ngilochar markazi yonida sodir bo`lgan. Yaqin o`rtada xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari janjalni ko`rib, zudlik bilan hodisa joyiga etib borgan, biroq janjal ishtirokchilari ichki ishlar organlari xodimlarini ko`rib qochib ketishgan.  

Toshkent shahar IIBB xabar qilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, janjal ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan bo`lib, tekshiruv yakuni bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1