1

Namanganda Bandlik markazi mulozimlari 273 million so`mni o`zlashtirib yuborgan

Jinoyat 28.09.2020, 14:00
Namanganda Bandlik markazi mulozimlari 273 million so`mni o`zlashtirib yuborgan

O`zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Kosonsoy tumani bo`limi tomonidan tuman aholi bandligiga ko`maklashish markazida o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida markazning mas`ul rahbarlari jami 348 million 931 ming so`mlik moliyaviy kamchiliklarga yo`l qo`ygani, shundan 273 million 600 ming so`m mablag`ni maqsadsiz xarajat qilgani aniqlandi.

Tekshiruv davomida ma`lum bo`lishicha, markaz mutasaddilari tomonidan 2019 yil paxta mavsumida 53 kishini Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga paxta terimiga yuborilgani bo`yicha soxta to`lov qaydnomalari bilan, ularning nomlaridan soxta imzolar qo`yib, 48 million so`mni o`zlashtirishgan.

Shuningdek, 2019-2020 yillarda tuman jamoat ishlarida ishlamagan 35 nafar fuqaroga 27 million 331 ming so`m miqdorida ish haqlari hisoblab, byudjet mablag`larini talon-taroj qilishgani aniqlangan.

O`z vakolatini suiste`mol qilgan tuman aholi bandligiga ko`maklashish markazining mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi, 209-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo`zg`atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1