1

“KOREAN AND MIGRATIONS” xususiy bandlik agentligiga oid jinoyat ishi bo`yicha rasmiy bayonot berildi

Jinoyat 28.09.2020, 14:41
“KOREAN AND MIGRATIONS” xususiy bandlik agentligiga oid jinoyat ishi bo`yicha rasmiy bayonot berildi

 Oliy sud axborot xizmati xabariga ko`ra, 14 sentyabr kuni, jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudida  “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ direktori va boshqalarga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilingan.

 Sud hukmiga ko`ra, sudlanuvchilardan solidar tartibda jabrlanuvchilar foydasiga jami 19 551 004 674 so`m moddiy zarar undirish, O`zbekiston Respublikasi IIV depozit raqamiga topshirilgan jami 7 831 973 502 so`m pul mablag`lari va 573 856 519,6 so`mlik xatlangan mol-mulklar etkazilgan moddiy zararning o`rnini qoplashga qaratish belgilangan.  

Daslabki tergov organi tomonidan 2 372 nafar fuqarolarning jami 24,2 mlrd. so`m pul mablag`lari firibgarlik yo`li bilan ko`lga kiritganlik ko`rsatilgan bo`lib, jinoyat ishi qo`zg`atilgunga qadar 2,95 mlrd. so`m jabrlanuvchilarga qoplangan va sud jarayonida ayrim jabrlanuvchilar da`vodan voz kechishgan.

Bugungi kunda jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudining 2020 yil 14 sentyabrdagi hukmi qonuniy kuchga kirmaganligi sababli ijroga qaratilmagan.

Ushbu hukm ustidan sudlanuvchi M. Aliqulov va X. Turdiev, advokat M. Abuduxalikov, fuqaroviy da`vogar J. Norxodjaev tomonidan apellyasiya tartibida shikoyatlar hamda Yakkasaroy tuman prokurori tomonidan protest kelib tushgan bo`lib, mazkur shikoyatlar va protest jinoyat ishi hujjatlari bilan birga jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudining apellyasiya instansiyada ko`rib chiqilishi uchun rasmiylashtirilmoqda.

 Bugun, 28 sentyabr kuni soat 14.30 da jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudida (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko`chasi, 62 uy) ushbu jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchi sifatida o`tayotgan shaxslar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun maxsus brifing tashkil etilib, unda mazkur jinoyat ishi yuzasidan jabrlanuvchilarga etkazilgan moddiy zararni undirish muddati va tartibi bo`yicha huquqiy tushuntirish beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1