1

Paxtachida noqonuniy oltin qazib oluvchilar jazoda qutilish uchun IIB boshlig`iga pora bermoqchi bo`lishdi

Jinoyat 29.09.2020, 17:56
Paxtachida  noqonuniy oltin qazib oluvchilar jazoda qutilish uchun IIB boshlig`iga pora bermoqchi bo`lishdi

2020 yil 28 sentyabr kuni Paxtachi tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan, Paxtachi tumani “Taraqqiyot” mahallasida yashovchi 6 nafar fuqarolar “Qora-qo`ton” ma`danli maydoniga kirib, noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi mavjud toshlarni qazib olishga harakat qilayotgan vaqtida ashyoviy dalilllar bilan ushlangan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Shundan so`ng, “uddaburon” yigitlardan birining otasi, farzandi va mahalladoshlariga qonuniy tartibda chora ko`rilmaslik va hujjatlashtirilib olingan ashyoviy dalillarni qaytarib berish evaziga tuman IIB boshlig`iga 6.000.000 so`m miqdoridagi pullarni pora sifatida taklif etadi.

Holat yuzasidan IIV O`XB Samarqand viloyati bo`yicha bo`limi, Narpay tumani IIB, Paxtachi tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilib, 1968 yilda tug`ilgan, fuqaro X.S. tuman IIB boshlig`iga 6.000.000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz Samarqandda haydovchi YPX xodimiga pora berayotgan vaqtida ushlangandi
Samarqandda IIB xodimiga 4000 AQSh dollariga yaqin pullarni pora tariqasida bergan yana bir fuqaro qo`lga olingandi . 

Samarqandda giyohvand moddalari bilan bog`liq jinoyatni ijobiy hal qilib berish evaziga IIB xodimiga pora bergan ayolga jinoyat ishi qo`zg`atilgandi.

Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi xodimlariga fuqaro tomonidan pora taklif qilgan fuqaro ushlangandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1