1

Yozuvchilar uyushmasi a`zosi To`ra Mirzaev vafot etdi

Madaniyat 30.09.2020, 10:24
Yozuvchilar uyushmasi a`zosi To`ra Mirzaev vafot etdi

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi To`ra Mirzaev 2020 yilning 29 sentyabr kuni olamdan o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasixabar bermoqda. 

Ma`lumot o`rnida:

  • To`ra Mirzaev – 1936 yil 6 martda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug`ilgan. U o`zbek filologiyasining atoqli namoyandalaridan biri, xalq og`zaki badiiy ijodiyotini keng ko`lamda tadqiq etishdan iborat fundamental ilmiy maktabga asos solgan ulkan fan tashkilotchisi, eposshunoslikning ko`plab nazariy masalalarini jahonshumul darajada hal qilgan yirik folklorshunos olim edi.
  • To`ra Mirzaevning 600 dan ortiq ilmiy, uslubiy, ilmiy-ommabop ishi e`lon qilingan. Ulardan 5 tasi monografiya, 5 tasi darslik va o`quv qo`llanma, 45 tasi kitob va folklor to`plamdir. Olimning kitob va maqolalari Rossiya, Germaniya, Turkiya, Tojikiston, Qozog`iston, Turkmaniston kabi ko`plab mamlakatlarda nashr etilgan.

Darakchi jamoasi marhumning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1